Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida chegaradagi vaziyat haqida gapirdi.

Foto: Videodan kadr

Siyosatchiga ko‘ra, Afg‘onistonda turli terrorchilik guruhlari faolligi kuchaygan. 

“So‘nggi yillarda turli terroristik guruhlar tomonidan davlat chegarasini buzib o‘tish va noqonuniy ravishda kesib o‘tishga urinishlarga duch kelyapmiz. Yaqinda jangarilarning chegarani yorib o‘tishga bo‘lgan ikki urinishining oldi olindi. Ular Tojikiston poytaxti va boshqa viloyatlarida qator teraktlar uyushtirishni maqsad qilgan”, — dedi Emomali Rahmon.

U giyohvand moddalar kontrabandasi hajmi ham ortib borayotganiga to‘xtaldi.

“Raqamlar bu pozitsiyani aniq tasdiqlaydi. O‘tgan yili birgina mamlakatimizning vakolatli organlari Afg‘oniston bilan chegarada 5 tonnaga yaqin narkotik moddalarni aniqladi. Bu 2021-yilga nisbatan 22 foizga ko‘pdir. Bunday sharoitda hamjihatlikda harakat qilishimiz kerak”, — dedi u Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga.

O‘z navbatida, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo chegaralarini himoya qilish dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.

“Biz Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini himoya qilish va mustahkamlash bo‘yicha davlatlararo dasturni ishlab chiqishni boshlashni taklif qilamiz”, — dedi O‘zbekiston rahbari.

Mirziyoyev xavfsizlikka anʼanaviy va yangi tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlarni davom ettirish muhimligini aytdi.

“Biz mintaqaviy prognozlash va erta ogohlantirish tizimini shakllantirishni va favqulodda vaziyatlarga birgalikda javob berish talab deb hisoblaymiz. Afg‘onistondagi vaziyat xavfsizlik va barqarorlikka bevosita ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda”, — dedi u.

Mirziyoyev Afg‘onistonning amaldagi hukumatlari bilan doimiy va ochiq muloqot va bu davlatning mintaqaviy iqtisodiy mamlakatlarga integratsiyalashuvi nihoyatda muhim ekanini taʼkidladi.

“O‘zbekiston afg‘on xalqiga zarur yordamni ko‘rsatishda davom etish niyatida”, — dedi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »