Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tayvan Mudofaa vazirligi o‘zining kundalik hisobotida so‘nggi 24 soat ichida Tayvan bo‘g‘ozida Xitoy armiyasining 68 ta jangovar samolyoti va 10 ta harbiy kemasini aniqlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Taiwan News

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu samolyotlarning 40 tasi Tayvan bo‘g‘ozini “o‘rta chiziq” bo‘ylab kesib o‘tgan va Tayvan havo mudofaasini aniqlash zonasiga kirgan. Bunga javoban Tayvan vaziyatni kuzatish uchun havo va dengiz patrullarini yuborgan, shuningdek, raketa tizimlarini joylashtirgan.

  • 13-sentabr kuni Tayvan mudofaa vazirligi orolga yaqinlashayotgan 27 ta samolyot va 13 ta kemani qayd etgan.
  • 19-avgust kuni Xitoy armiyasi havo kuchlari va dengiz floti Tayvan yaqinida o‘quv mashg‘ulotlari va patrul xizmatini o‘tkazgan. Xitoy harbiylarining aytishicha, bu manyovrlar Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlayotgan va “tashqi kuchlar bilan til biriktirib, provokatsiya qiladigan” “bo‘lginchi kuchlar uchun jiddiy ogohlantirish” bo‘lishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »