Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikaning RTX kompaniyasi Saudiya Arabistonining Scopa Defense firmasi bilan milliardlab dollarlik qurol sotish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Ammo foydali kelishuv 2023-yil boshida to‘satdan barbod bo‘ldi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Foto: AP Photo

Xabarga ko‘ra, saudiyalik hamkorlar bir vaqtning o‘zida Vashington sanksiyalari ostida bo‘lgan Xitoy va Rossiya kompaniyalari bilan shartnomalar tuzayotgani maʼlum bo‘lgach, Amerika tomoni kelishuvdan voz kechgan.

RTX va Scopa 2022-yili Saudiya Arabistonida raketa va dronlardan himoya qiluvchi murakkab havo mudofaa tizimlarini ishlab chiqaradigan zavod qurishga kelishib olgan. Rejaga ko‘ra, 20,7 kvadrat metr maydonni himoya qiladigan, turli o‘lchamdagi, tezlik va balandlikdagi nishonlarni ushlab olishga qodir radarlar va bir nechta havo mudofaa tizimlarini birlashtirishni nazarda tutgan.

Tizim “ko‘p maqsadli batareya” deb nomlangan. RTX va Scopa o‘rtasidagi qo‘shma korxona 25 milliard dollarlik investitsiya va 17 milliard dollarlik sotuvlarni o‘z ichiga olgan, nashr bu rejalarni “megabitim” deb ataydi.

Saudi-US arms deal called off over ties to sanctioned Russian, Chinese  firms: Report | Middle East Eye

Scopa Saudiya Arabistonida NATOning ko‘plab qurollarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan, bu xalqaro qurol savdosi qoidalari bilan himoyalangan texnologiyalarga kirishni anglatadi. WSJ manbalar va hujjatlarga asoslanib, Scopa asoschisining yana ikki kompaniyasi Rossiya, Belarus va Xitoyning sanksiyalangan firmalari bilan biznes yuritishga uringanini yozadi; Aynan mana shu aloqalar RTXda xavotir uyg‘otgan.

Scopa kompaniya egasi va sanksiyalar haqida xavotir bildirgan bosh direktorini ishdan bo‘shatgan. Scopa egasi Mohamed Alajlanning aytishicha, u Rossiya kompaniyalari bilan biznes yuritmaydi, Xitoy kompaniyalari bilan esa faqat mis, kauchuk va boshqa xom ashyo sotib olish bilan cheklanadi.

A Saudi Defense Contractor Courted Russia and China. Then, Its U.S.  Business Partners Fled | Mint

U RTXning munozarani tugatish qarorini “shoshilinch, mantiqsiz va hatto irratsional” deb atagan. Shunga qaramay, yana bir qancha G‘arb kompaniyalari ham Scopa bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan. Ular orasida Italiyaning Beretta Defence Technologies va Fincantieri kemasozlik kompaniyasi bor. WSJ manbalarining qayd etishicha, sabablardan biri Rossiya va Xitoy bilan hamkorlikka oid xavotirlardir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »