Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 15-sentabr kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosiga to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining yozishicha, davlat rahbari muzliklarning erishi, tabiiy ofatlar, shuningdek, shiddatli demografik o‘sish, urbanizatsiya jarayonlari va sanoatlashuv natijasida yuzaga kelayotgan texnogen omillar tufayli mintaqada suv va ekologiya bilan bog‘liq vaziyat yomonlashib borayotgani va uning oqibatlari alohida xavotir uyg‘otayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Hamkasblarim yaxshi biladi, Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosi o‘tkir va muqarrar tus oldi hamda bundan buyon u tobora chuqurlashib boraveradi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Markaziy Osiyoning ayrim mintaqalarida 2040-yilga borib suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj uch barobar oshadi. Vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy zarar yalpi mintaqaviy mahsulotning 11 foiziga yetishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, hozirning o‘zidayoq mintaqa davlatlari suv resurslari taqchilligi va undan samarasiz foydalanish oqibatida yiliga 2 milliard dollargacha mablag‘ yo‘qotmoqda.

Davlat rahbari bularning barchasi uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan kelishilgan yangi qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etayotganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida suvni tejash bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Kelgusi yili Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro iqlim forumi doirasida jahonning yetakchi kompaniyalarining suvni tejash borasidagi texnologiyalari ko‘rgazmasi tashkil etilishini bildirdi.

“Ana shu masalalarning barchasini kompleks ko‘rib chiqish maqsadida mamlakatlarimiz suv resurslari, energetika, ekologiya va iqtisodiyot vazirlarining doimiy uchrashuvlari bo‘yicha Mintaqaviy platformani ta’sis etishni taklif qilamiz”, — degan prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »