Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonlik tadbirkor Qayrat Bo‘ranbayev 90 milliard tengedan (195,4 million dollar) ortiq summadagi aktivlarni ixtiyoriy ravishda davlatga qaytardi. Ular orasida neft koni, gaz taqsimlash korxonasi, xizmat ko‘rsatish korxonasi, mehmonxona va savdo-ko‘ngilochar majmualari, fitnes markazlari tarmog‘i, ofis binolari va boshqalar bor. Bu haqda Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sputnik

Bo‘ranbayev, shuningdek, Taʼlim infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 30 milliard tenge (65 million dollar) o‘tkazdi.

“Ushbu obyektlarning barchasi davlat organlari va kompaniyalar balansiga o‘tkaziladi, mablag‘lar esa taʼlim infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq tadbirkor tabiiy gaz olib kirishda mablag‘ o‘g‘irlanishi bo‘yicha tergov doirasida 14,5 milliard tenge (31,5 million dollar) miqdoridagi zararni ham qoplagan, deb eslatdi agentlik.

Qayrat Bo‘ranbayev Qozog‘istonning eng boy va nufuzli 50 nafar tadbirkori qatorida turardi. Uning qizi sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysultonga turmushga chiqqan — 2020-yil avgust oyida Oysulton vafot etdi. Moliyaviy monitoring agentligi matbuot xizmati 2022-yil 17-mart kuni Bo‘ranbayev hibsga olingani haqida ma’lum qildi. Tadbirkor katta miqdorda mablag‘larni o‘zlashtirishda ayblangan.

Joriy yilning mart oyida Ostona shahrining 2-Sariarkin tumani sudi Bo‘ranbayevni 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ish bo‘yicha yana ikki ayblanuvchi — “AziaGazChunja” bosh direktori Roman Naxanov va “QazaqGaz” boshqaruvi raisining sobiq o‘rinbosari Tair Januzak ham sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Ularning barchasi gazni milliy kompaniyaga qayta sotish vaqtida 14,5 milliard tenge o‘marishda aybdor deb topildi.

Yozda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati gaz narxi ko‘rsatilgan hujjatning asl nusxasi bo‘lmagani uchun Bo‘ranbayev va boshqa ayblanuvchilarga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qilgandi. Ish apellyatsiya sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Qozog‘istonda mahalliy ishbilarmonlarning qonuniy kelib chiqishini isbotlay olmagan mulklarini davlatga qaytarishiga imkon beradigan qonun qabul qilindi. Mol-mulki ixtiyoriy ravishda oshkor qilingan va qaytarilgan taqdirda tadbirkor barcha turdagi javobgarlikdan ozod qilinadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »