Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yerosti suvlari sathi va zaxiralari kamayib ketayotgan qator tumanlarda quduqlar burg‘ilashga moratoriy joriy etildi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, tasdiqlangan miqdordan ortiqcha suv olish suv sathining pasayib ketishiga va bu zaxiralarning bir necha yil ichida tugashiga olib kelishi mumkin. Natijada ichimlik suv manbasi bo‘lgan quduqlar quriydi va katta mablag‘lar hisobiga qurilgan ichimlik suv inshootlari suv bermay qo‘yadi.

Yer osti suvlaridan foydalanish va quduq burg‘ilash tizimini takomillashtirish, yer osti suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish, aholi orasida suvdan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, yer osti suvlarning kamayishi hamda ifloslanishining oldini olish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, Nurota, Nurobod, Payariq, Ishtixon, Urgut, Qo‘shrabot, Forish, Zomin, Yangiobod, Sharof Rashidov, Chiroqchi, Ko‘kdala, Koson, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Beshariq, Jalaquduq, Xo‘jaobod, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa, Izboskan tumanlarida quduqlar burg‘ilashga moratoriy joriy etildi.

Shuningdek, 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan o‘zbek (“Tomchivoy”) va rus (“Kapelka”) tillarida jurnal tayyorlanib, chop etilgan. Umumtaʼlim maktablarida ochiq darslar, jumladan Water time dasturi tashkil etilgan. Bugungi kunga qadar mazkur dasturning 4 ta soni tasvirga olinib, ommaga eʼlon qilingan.

O‘zbekiston dunyodagi eng qurg‘oqchil mamlakatlardan biridir. Hududning katta qismi cho‘l zonasida joylashgan, mamlakatdagi daryo va ko‘llar yirik xalqaro suv omborlari bilan bog‘langan bo‘lib, ulardan boshqa mamlakatlar ham foydalanadi. 

Iyun oyida odamlarning yerosti suvlariga bo‘lgan cheksiz chanqog‘i shunchalik oshdiki, bu Yer o‘qining siljishiga sabab bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »