Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” Afg‘onistonning G‘or viloyatida ishlayotgan yordam tashkilotining 18 nafar xodimini hibsga oldi, ular orasida ayollar ham bor. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Foto: Independent Presian

G‘ordagi mahalliy manbalarning aytishicha, 14-sentabr kuni “Tolibon” razvedkachilari “Xalqaro yordam qo‘mitasi” (IAM) ofisiga bostirib kirib, tashkilotning 15 nafar xodimini hibsga olgan, ulardan 6 nafari — ayollar.

Ikki hafta oldin ushbu tashkilotda ishlovchi Amerika fuqarosi — Judi ismli xodim ikki nafar afg‘onistonlik hamkasbi bilan birga hibsga olinib, Kobulga olib ketilgan. Ular bu vaqtda davomida so‘roq qilingan.

“Tolibon” hibsga olish sabablarini ham, tergov natijalarini ham e’lon qilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bahorda “Tolibon” ayollarga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistondagi idoralarida ishlashni taqiqlagandi. 2022-yil dekabr oyida “Tolibon” ayollarga nodavlat tashkilotlarda ishlashni taqiqlagan. Ommaviy xalqaro noroziliklardan so‘ng, hech bo‘lmaganda sog‘liqni saqlash sohasida taqiq yengillashtirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »