Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi yo‘l qurilishi sohasida davlat-xususiy sherikchilik (DXSH) loyihalarida ishtirok etish niyatida. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 14-sentabr kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi vakillari bilan uchrashgan. Uchrashuvda transport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etilgan.

Xususan, turk kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgan.

Xorijiy kompaniya vakillariga O‘zbekistonda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida DXSH asosida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llarning qurilishi haqida 2018-yilda xabar berilgandi. O‘shanda bu kabi yo‘llarning birinchisini qurish bilan Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi shug‘ullanishi mumkinligi aytilgandi. 2019-yilda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi O‘zbekistondagi ilk pulli trassani qurish uchun joy tanlanayotganini ma’lum qilgandi

2022-yil oktabrda Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026-yilgacha qurib bitkazilishi aytilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »