Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston o‘zining tabiiy gazi va elektr energiyasini Markaziy Osiyo mamlakatlariga hamda ularning hududlari orqali tashqi bozorlarga o‘zaro manfaatli shartlarda va uzoq muddatli asosda yetkazib berishga tayyor.

Bu haqda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvida ma’lum qildi, deya yozmoqda Turkman davlat xabarlari.

Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida energetika muloqotini yaratish tarafdori. Uning so‘zlariga ko‘ra, “ayni paytda mintaqada ham, mintaqa ichidagi talabni qondirishga ham xalqaro tranzit yo‘laklari orqali jahon bozorlariga chiqishga yo‘naltirilgan barqaror energiya hamkorligi uchun siyosiy, huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish jarayoni kuzatilmoqda.

Gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadigan Turkmaniston ushbu yoqilg‘i turini Xitoy, Rossiya, Ozarbayjon va O‘zbekistonga sotadi. Elektr energiyasini Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston va O‘zbekiston import qiladi.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »