Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bola o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sudning navbatdagi majlisida so‘roq qilingan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh. unga berilgani aytilgan 33 ming dollar pulni rad etmoqda. Bu haqda ushbu sud majlisida bo‘lgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Foto: “Daryo”

Advokat Davron Ahmadovning bu haqdagi savoliga javob qaytargan sudlanuvchi Sh.Sh. “Men J.E. bilan inspeksion tekshiruv bo‘yicha, aynan “Kuraraks” dori vositasining qandaydir manfaati bo‘yicha 45 ming dollar yoki 33 ming dollar haqida gaplashmaganman. Sababi buni xohlasam ham, u mening vakolatimga kirmaydi”, — dedi.

Advokat savolini davom ettirib, “Sizning lavozim vakolatingizda inspeksion tekshiruvga tushgan holatni bekor qilish yoki inspeksion tekshiruv tayinlash imkoniyati bormi?”, deya so‘radi. 

Sudlanuvchi inspeksion tekshiruvga tushgan holatni bekor qilish yoki inspeksion tekshiruv tayinlash imkoniyati faqat ekspertlar kengashiga taalluqli huquq ekanini, bu kabi ishga hech qaysi mansabdor haqli emasligini bildirdi. 

Foto: “Daryo”

Dastlabki sud majlislarida advokatlarning sudlanuvchilar bilan savol-javoblari davomida Marion Biotech Pvt. Ltd. korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazish belgilanganidan xabar topgan korxonaning norasmiy rahbari boshqa bir hindistonlik J.S. Quramax Medical MCHJ direktori R.S.P. va jamiyatning savdo direktori B.Q.lar bilan til biriktirib, korxonaning ishlab chiqarish sharoitlari belgilangan talablarga javob bermasligi, tekshiruv o‘tkazilgan taqdirda, mazkur kamchiliklar yuzaga chiqib, korxonaning boshqa dori vositalarini ham O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi hamda ularning importi to‘xtatilishi mumkinligini taxmin qilgani ochiqlangandi. 

R.S.P. jinoiy sheriklari J.S. va B.Q.lar bilan tuzilgan jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida J.E. bilan avvaliga telefon orqali bog‘lanib, keyinroq u bilan JIB Mirobod tuman sudi yaqinida joylashgan “B&B” kafesida ko‘rishgan. Suhbat davomida R.S.P. korxonaga tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilishda amaliy yordam so‘rab, buning uchun moddiy manfaat va’da qilgan. Shunda J.E. uning taklifini rahbarlariga yetkazib, tez kunlarda ularning javobini ma’lum qilishini bildirgan. J.E. taklifni davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh.ga yetkazgan. Mas’ul ushbu xizmat 45 ming dollar bo‘lishini aytgan. Hindistonlik tadbirkor ularga 33 ming dollar bera olishini bildirgan. Va aytilgan pulni bergan, — deyiladi tergov hujjatlarida.

Sudda so‘roq qilingan Quramax Medical MCHJ direktori hindistonlik S.R.P. advokatlarning savoliga javob berar ekan, Marion Biotech PVT. Ltd korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazilishini to‘xtatish uchun J.E. ismli mas’ulga 33 ming dollar berganini tan olgandi. Keyinchalik u bu ko‘rsatmasini o‘zgartirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »