Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi Qo‘qon shahrida ikki tup daraxt noqonuniy ravishda kesilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahar “Oltin vodiy” MFY Movarounnahr ko‘chasidagi yashil maydon yo‘q qilinib, moratoriy talablariga zid ravishda qasddan ikki tup shumtol kesilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qo‘qon shahar inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan mazkur xabarda keltirilgan qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha tezkorlik bilan joyida o‘rganish ishlarini olib borgan. O‘rganishlar davomida haqiqatda “Oltin vodiy” MFYning A.T.Xo‘qandiy mavzesi hududida ikki tup daraxtni qurilish ishlari amalga oshirish jarayonida ostidan kesib, ildiz qismlari bilan ko‘chirib tashlaganlik holati aniqlangan.

Bu bilan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasi 2-qismi talablari qo‘pol ravishda buzilgan bo‘lib, prezidentning 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-sonli farmoniga asosan daraxtlarni kesish uchun ruxsat berish muddatsiz davrga moratoriy belgilab qo‘yilgan farmon talablariga amal qilinmagan.

Mazkur holatga ko‘ra huquqbuzar K.A.ga nisbatan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 184 million 800 ming so‘m zarar hisoblanib, hozirda rasmiylashtirilgan hujjatlar Qo‘qon shahar prokuraturasiga taqdim etilgan.

Noqonuniy daraxt kesish holatlari

Bir necha kun oldin Xorazmda o‘zini tadbirkor deb tanishtirgan shaxslar istirohat bog‘idagi daraxtlarni kesib tashlagandi. Buxoroda 22 tup qarag‘ay noqonuniy kesilib, tabiatga 144,3 million so‘mlik ziyon yetkazilgandi. Farg‘onadagi chegara posti yaqinida 12 tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangani xabar qilingandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »