Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, beshta viloyat sudlarining raislari o‘zgardi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xususan:

  • Farxodjon G‘aniyev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Andijon viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi lavozimidan ozod etildi;
  • Akram Shukurov — sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek:

  • Uchqun Ro‘ziyev — sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha Oliy sud sudyasi lavozimida ishlagan);
  • Akrom Utayev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha Oliy sud sudyasi lavozimida ishlagan);
  • Shuhrat Kamolov — sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan);
  • Farrux Abduraimov — sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudi sudyasi lavozimida ishlagan) tayinlandi.

Bundan tashqari, quyidagi sudyalar yozma arizasiga asosan lavozimidan ozod etildi:

  • Talʼatjon Meliboyev — Andijon viloyat sudining raisi lavozimidan;
  • Lukmon Kadirov — Buxoro viloyat sudining raisi lavozimidan;
  • O‘tkirjon Jumayev — Jizzax viloyat sudining raisi lavozimidan;
  • Bahodir Polvanov — Xorazm viloyat sudining raisi lavozimidan.

Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Shuningdek, O‘zbekistonda 2023-yilning olti oyida 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »