Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktor lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi. Menejerlik o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar menejerlik sertifikatini berish bo‘yicha yakuniy sinovlarga qo‘yiladi.

Nomzodlar uchun yakuniy sinovlar bevosita ishtirok etish shaklida maxsus jihozlangan xonalarda qog‘oz yoki elektron shaklda o‘tkazilishi mumkin. Yakuniy sinovlar 25 ta test, keys hamda amaliy topshiriqlardan iborat tarzda shakllantiriladi. Bajarish uchun jami 120 daqiqa vaqt beriladi.

Yakuniy test sinovlar uchun 50 ball, keys topshiriqlari uchun 10 ball va amaliy topshiriqlar uchun 40 ball, jami 100 ball beriladi. 70 balldan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga QR-kod qo‘yilgan elektron shaklda menejerlik sertifikati beriladi.

Menejerlik sertifikati 5 yil davomida amal qiladi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega nomzodlardan maktab direktorlari zaxirasi shakllantiriladi.

Bunda, maktab direktorlarining vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud va zaxiraga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

2022-yilda sobiq xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi maktablarda faoliyat yurituvchi 504 ming o‘qituvchining 280 ming nafardan ortig‘i, ya’ni 56 foizining salohiyati talab darajasida emasligini ma’lum qilgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 12-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda maktablardagi ahvol va muammolar haqida so‘z yuritgan edi. “Maktablardagi ahvolni ko‘rsa, odam, tavba deb yuboradi”, — degan davlat rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »