Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” ko‘krak nishoni taʼsis etildi.

Foto: Norma

Mazkur ko‘krak nishoni bilan seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 15-sentabrga qadar Fanlar akademiyasiga taqdim etiladi. Bunda nomzodlarni tanlashda quyidagilar inobatga olinadi:

  • seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etgani;
  • seysmologiya, inshootlarning seymik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgani;
  • seysmik xavfsizlik sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishda ishtirok etgani;
  • kuchli zilzilalar oqibatini bartaraf etishda ishtirok etgani;
  • bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini tadqiq qilish, ularning seysmik zaifligini baholash hamda tegishli xulosalar berishda ishtirok etgani;
  • seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etgani;
  • suv omborlari to‘g‘onalari, ekspluatatsiya qilinayotgan neft va gaz konlari hududlarida seysmiklikning namoyon bo‘lishini muntazam baholab borish va boshqalar.

Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi har yili 13-oktabr – Tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish xalqaro kuni arafasida Fanlar akademiyasi prezidenti (yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 14-sentabrdan kuchga kirdi.

Bundan oldin O‘zbekistonda harbiy ayollar uchun “To‘maris” ko‘krak nishoni, “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni, “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni va “O‘z kasbining ustasi” belgisi ta’sis etilgani, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev “El-yurt fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etishni taklif qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »