Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada tashrif bilan bo‘lib turgan KXDR raisi Kim Chen In Vladivostokdagi Knevichi aerodromiga bordi. Unga Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamrohlik qildi.

Foto: “TASS”

Shoygu Kim Chen Inga strategik samolyotlar, qiruvchi samolyotlar va Rossiya harbiylari Ukrainaga hujum qilishda qo‘llayotgan “Kinjal” raketa tizimini namoyish qildi.

Foto: “TASS”
Foto: “TASS”
Foto: “TASS”

Shundan so‘ng, Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Kim Chen In va Shoygu Vladivostokdagi Tinch okean flotining “Marshal Shaposhnikov” fregatiga keldi, u yerda KXDR yetakchisiga “Uran” kemaga qarshi raketa komplekslari va “Kalibr” universal qanotli raketa tizimlari ko‘rsatildi.

Kim Chen Inning Rossiyaga safari uning oxirgi to‘rt yil ichida xorijiy davlatga amalga oshirgan ilk rasmiy tashrifi hisoblanadi. 13-sentabr kuni Shimoliy Koreya yetakchisi “Vostochniy” kosmodromiga tashrif buyurib, u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazgandi.  Shimoliy Koreyaning Koreya davlat markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berishicha, Kim Chen In Putinni Shimoliy Koreyaga taklif qilgan, Putin esa “taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan”.

G‘arb razvedka xizmatlariga ko‘ra, Rossiya va Shimoliy Koreya Rossiya armiyasi Ukrainadagi urushda qo‘llashi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘larni yetkazib berish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Iyul oyida Shoygu KXDRga rasmiy tashrif bilan bordi. AQSH razvedkasi ushbu safarni muzokaralarga tayyorgarlik sifatida baholadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »