Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bola o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sudning 15-sentabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi sobiq boshlig‘i Sh.Sh. ham so‘roq qilindi. U sud tergovi davomida Hindistonning yana bir inspeksion tekshiruvga tushgan dorisiga rahbar topshirig‘iga ko‘ra, guvohnoma berib yuborilganini gapirib berdi. 

Foto: “Daryo”
Rahbarning M.N. ismli o‘rinbosari xonamga kirib shu haqda aytib, topshiriqligini bildirgan. Aniq esimda yo‘q. Shunda koridordan o‘tib ketayotgan birinchi o‘rinbosar A.A.dan ham buni so‘raganman. Shunda rahbar o‘rinbosariga protokolsiz hech ish chiqmasligini aytganman. Keyinroq protokolni kengash kotibi U.T. imzosi bilan olib kelib ko‘rsatgan. Bu tergov hujjatlari ichida ham bor”, — deydi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan sudlanuvchi. 

Sudda aniqlashtirilishicha, Hindistonning Marion Biotech Pvt. Ltd. korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Kuraraks-200”, 400 dorisi ekspertlar kengashi tomonidan inspeksion tekshiruvga tushgan.

Sudlanuvchining qo‘shimcha qilishicha, odatda inspeksion tekshiruvga tushgan doriga qachonki, tekshiruv o‘tkazilib, Kengash tomonidan ruxsat berilgach, guvohnoma rasmiylashtirib berilishi lozim bo‘ladi. Biroq, ushbu doriga inspeksion tekshiruvga tushsa-da, tekshiruv o‘tkazilmasdan guvohnoma berilgan. 

Bu haqda tergov hujjatlarida shunday deyiladi: Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasining “Kuraraks-200”, 400 preparati ekspertlar kengashi qaroriga asosan ishlab chiqaruvchi zavodda inpeksion tekshiruv o‘tkazilmagan bo‘lsa-da, belgilangan tartibga zid ravishda ro‘yxatga olinib, 34-55 kun o‘tganidan keyin rasmiylashtirib berilgan”

Avvalroq ushbu sudlanuvchi “Kuraraks-200”, 400 dorisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hindistonlikdan unga 33 ming pora olib berilgani haqidagi savolga javoban pul olmaganini bildirgandi. Va bu ayblovni rad etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »