Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida to‘rtta isteʼmolchi 500 million so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 15-sentabr kuni “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va taʼminotchi korxonalar bilan hamkorlikda Toshkent shahri hamda viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Jumladan:

  • Yuqori Chirchiq tumani, “Birlik” MFY, Qipchoq ko‘chasida joylashgan “M.O.K” nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, davlat manfaatlariga 206,4 million so‘m (206 415 metr kub);
  • Nurafshon shahrida joylashgan “Obodonlashtirish” boshqarmasiga qarashli favvora elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib, davlat manfaatlariga 171,7 million so‘m (171 720 kVt/soat);
  • Mirobod tumanida joylashgan bank muassasasi elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib, davlat manfaatlariga 76,8 million so‘m (170 800 kVt/soat);
  • Bekobod shahri, 12-daha, Oybek ko‘chasida joylashgan “O.K.SH” MCHJga qarashli to‘yxona elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib, davlat manfaatlariga 46,6 million so‘m (103 564,8 kVt/soat).

Hozirgi vaqtda aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 2023-yilning 6 oyida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish tufayli 78,5 milliard so‘m, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish sababli esa 231 milliard 866 million so‘m zarar ko‘rilgan. Bundan oldin Buxoro shahrida faoliyat yuritib kelayotgan korxona elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatishi natijasida tizimga 2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakatda avgust oyida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 46 milliard 229 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »