Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

17-sentabr kuni Tashkent City dagi muzeyda marhum qiziqchi Obid Asomovning mumdan yasalgan haykalining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. 




O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov oilaviy suratini sahifasiga joyladi. 

Foto: Instagram

Taniqli aktyor Dilshodbek Kattabekov uylanmoqda. U bir necha oy avval oila qurish uchun munosib qiz izlayotganini aytgan edi. 




Xonanda Manzura muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. 

Foto: Instagram

Vayner Dili.me onasi bilan Dubay sayohatiga jo‘nab ketdi.



Sardor Mamadaliyev to‘yxonada ulkan guldastani ko‘rib qoldi va hayratini yashira olmadi. 

Foto: Instagram

Taniqli xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev YouTube dagi kanali kuzatuvchilari 1 millionga yetgani munosabati bilan striming servisning tillarang tugmasiga ega bo‘ldi.



Xonanda Malik Yulduz Usmonova bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. 

Foto: Instagram

“Ummon” guruhi xonandasi Shohrux o‘g‘li Muhammad bilan ko‘rinish berdi. 

Foto: Instagram

Vayner O‘tkir Shodmonov otasiga Cobalt avtomobilini sovg‘a qildi. 




Ra’no Shodiyeva og‘ir kasallik bilan kurashayotganlarga yuzlandi. “Bir yil avval hayot uchun kurashayotgan edim. Ko‘zimni yumib, qayta ochmasligim ham mumkin edi. Men dard bilan kurashayotganlarga “Agar bitta imkoniyatingiz bo‘lsa, undan foydalaning”, deya yozib qoldirdi. 

Foto: Instagram

Yorqinxo‘ja Umarov madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning uchinchi qizi Zinnuraga uylanayotgani ma’lum qilindi. Ikki yoshning nikoh kechasi 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ozodbek Nazarbekov xonadonidagi quvonchli kun munosabati bilan yaqinlariga osh bergan. 

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »