Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning 12-sentabr kuni Rossiyaga boshlagan tashrifi nihoyasiga yetdi. 17-sentabr kuni u Vladivostokdagi universitetga tashrif buyurib, quloqchali telpakda rasmga tushdi, Primorskiy akvariumiga tashrif buyurdi, shuningdek, sovg‘alar oldi.

Foto: AFP

Kim Chen In Vladivostokdagi Uzoq Sharq federal universitetiga tashrif buyurgan. U yerda Shimoliy Koreyadan kelgan 43 nafar talaba tahsil olmoqda. Kim ular bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, KXDR yetakchisiga orolning relyefi aks ettirilgan “Rossiya oroli” barelyef kartinasi sovg‘a qilingan. 

Tashrif doirasida Shimoliy Koreya yetakchisi Russkiy orolidagi Primorskiy akvariumiga borgan. U dengiz sutemizuvchilari spektaklini tomosha qilgan.

Ayni paytda Rossiyaning Primorsk o‘lkasi gubernatori Kim Chen Inga bronojilet va boshqaruv tizimiga ega oltita dron sovg‘a qildi. Shuningdek, unga Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham sovg‘alar topshirgan.

O‘z navbatida Kim ham Rossiya Tinch okean flotiga sovg‘a taqdim etgan. Bular qanday sovg‘alar ekani ochiqlanmagan. KXDR davlat markaziy telegraf agentligi (KCNA) Shimoliy Koreya yetakchisi telpak kiygan holda Shoygu bilan tushgan suratini e’lon qilgan.

Foto: KCNA

Kim Rossiyaga tashrifini Primoryedagi vokzalda yakunlagan.



Shimoliy Koreya yetakchisining Rossiyaga tashrifi

Kim Chen In 12-sentabr kuni Rossiyaga tashrif buyurdi, bu uning 2019-yildan beri birinchi tashrifidir. Ertasi kuni u Rossiyaning Uzoq Sharqidagi “Vostochniy” kosmodromida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan keyin Putin Shimoliy Koreya yetakchisi bilan muzokaralar samarali kechganini aytdi. Uning aytishicha, Kim Chen In bilan mintaqadagi vaziyat va ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan ochiq fikr almashgan. Bundan tashqari, davlat rahbarlari muzokaralarda taktik va strategik hamkorlik, Koreya yarim orolidagi vaziyat va Yevropa Ittifoqidagi vaziyatni ham muhokama qildilar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »