Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vashingtonda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Amerika biznes-forumida energetika, mashinasozlik, AKT kabi sohalar bo‘yicha 12 ta hujjat imzolandi.

15-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi arafasida poytaxt Vashingtonda O‘zbekiston—Amerika biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning asosiy vazirlik va idoralari, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va investisiya tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, AQSHning AKT, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, transport, bank ishi sohalarida faoliyat yurituvchi yirik korporatsiyalarining rahbarlari ishtirok etdi.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi boshqaruvi raisi Kerolin Lemm, AQSH EKSIM banki prezidenti Reta Jo Lyuis va davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Das Mark Pommersheim so‘zga chiqdi.

Forum davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani va bunga rahbariyatning siyosiy irodasi, hukumatlar va tadbirkor doiralar orasidagi doimiy hamkorlikning o‘rni katta ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, unda O‘zbekistonning iqtisodiyot, savdo, sanoatni rivojlantirish va sarmoyaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha erishgan muhim yutuqlari taqdim etildi. Xususan, boshqa faktlar qatorida erkin bozor va sog‘lom raqobat mexanizmlari yaratilgani, tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani rivojlantirish, energiya resurslari bilan ta’minlanganlik, iqtisodiyotda davlat ishtirokining qisqarishi va keng ko‘lamli xususiylashtirish jarayonlari boshlangani qayd etildi.

Bundan tashqari, forumda tog‘-kon, kimyo va energetika, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, elektronika, axborot texnologiyalari kabi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishning eng istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish va uchinchi davlatlarga eksport qilish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etishda katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Tadbir davomida global raqobat, ta’minot zanjiri barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish, strategik prognozlash, xususiylashtirish va moliyaviy-texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha alohida sessiyalar o‘tkazildi. 

Biznes-forum ishi O‘zbekiston va AQSH vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari va yetakchi kompaniyalari rahbarlarining “G2B” va “B2B” formatidagi uchrashuvlari bilan davom etdi. Ishtirokchilar qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish masalalarini atroflicha muhokama qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Tadbir yakunida energetika, mashinasozlik, AKT, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy-texnik va ilmiy hamkorlik, tibbiyot va farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish kabi sohalarda 12 ta hujjat imzolandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »