Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda paxta xomashyosi narxi talab va taklifdan kelib chiqib tomonlar kelishuvi asosida belgilanadi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Qayd etilishicha, paxta xomashyosining narxi bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq, har bir hududda o‘sha hududdagi yerning holati, paxta yetishtirishga yo‘naltirilgan sarf-xarajatlar, bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib, bevosita oluvchi va sotuvchi tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda paxta terimi uchun yangi to‘lov narxlari e’lon qilingani, unda 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 2100 so‘mdan, ikkinchi terimda 2600 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanishi belgilangani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi bunday xabarlar asossiz ekanini ma’lum qilib, ayni kunlarda paxta terimiga narx belgilash bo‘yicha ishlar vazirliklar bilan kelishuv jarayonidaligini bildirgandi.

“Ayni kunlarda paxta terimiga narx belgilash bo‘yicha ishlar vazirliklar bilan kelishuv jarayonida. Bunda uning birinchi va ikkinchi terimi uchun (navlarini hisobga olib) qancha narx belgilanishi aniq ko‘rsatiladi”, — deyilgandi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh

Muhammadali Sobirov

18.09.2023, 06:37

Bular kelishguncha paxta tugaydiku 1 terimga namanganda 1500 somdan to'lashyapti

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »