Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreyaning yadroviy zarbasi mamlakatda “rejimning tugashiga” olib keladi. Bu haqda Koreya prezidenti Yun Sok Yol Associated Pressga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: AFP

Koreya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, agar Pxenyan yadro qurolidan foydalangan holda hujum uyushtirsa, Seul va Vashington javob choralarini ko‘radi, bu esa “rejimning tugatilishi”ga olib keladi. 

U Janubiy Koreya va Amerika rasmiylari KXDRdan kelayotgan har qanday tahdidlarga javoban birgalikda harakat qilishga kelishib olganini ta’kidladi.

“Mamlakatlarimiz Shimoliy Koreya tomonidan yadro qurolidan foydalangan holda har qanday hujum rejimning tugatilishiga olib keladigan tezkor, halokatli va qat’iy javob berilishini tasdiqladi”, — dedi Yun Sok Yol.

Tomonlar KXDRdan kelayotgan har qanday yadroviy va raketa tahdidlarining oldini olish va ularga javob berish imkoniyatlarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. AQSH Janubiy Koreyani himoya qilish uchun barcha vositalarni, jumladan, yadroviy qurolni ham ishga solishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »