Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oxirgi vaqtlarda ochiq suv havzalariga tashkilot va korxonalar tomonidan noqonuniy ravishda oqova suvlarni tashlab, ifloslantirish hollari uchrab turibdi. Bu haqda Sanepidqo‘mita axborot xizmati maʼlum qildi.

Foto: "Daryo"

Taʼkidlanishicha, suvning ifloslanishi suv orqali yuqadigan kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik, ayniqsa bolalar ochiq suv havzalarida cho‘milganda ifloslangan suvni yutib yuborishi ham turli yuqumli oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

“Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ekspertlari dunyodagi barcha kasalliklarning 80 foizi ifloslangan suv orqali yuqishini aniqladilar.

Suvning kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar bilan zararlanishi qorin tifi, dizenteriya, vabo, virusli gepatitning A turi kabi bir qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘tkir ichak infeksiyalari – patogen enterobakteriyalar, shartli patogen qo‘zg‘atuvchilar va viruslar chaqiradigan, oshqozon-ichak traktining zararlanishi, intoksikatsiya, degidratatsiya (suvsizlanish) hamda turli asoratlar bilan kechadigan kasallikdir.

Qorin tifi, dizenteriya kasalliklarining asosiy belgilari tana haroratining 38-39 darajagacha ko‘tarilishi, qorinda tutib-tutib og‘riq paydo bo‘lishi, axlatning tez-tez, yiring va qon aralash qattiq og‘riq bilan kelishi, darmonsizlik va bosh og‘rig‘i hisoblanadi”, – deyiladi qo‘mita axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, Virusli gepatitning A va E turlari umumiy holsizlik, ishtahasizlik, ko‘ngil aynishi, ovqatlangandan so‘ng qayt qilish, shilliq qavat va terining sarg‘ayishi bilan kechadi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »