Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 5-turida “Real” 17-sentabr, yakshanba kuni “Real Sosyedad”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida “Real Sosyedad” futbolchisi Ander Barrenechea hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim mehmonlarning ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning boshida madridliklar muvozanatni tikladi. Federiko Valverde ajoyib zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. 60-daqiqada esa Xoselu “qaymoqranglilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va madridliklar g‘alabani rasmiylashtirdi.

Karlo Anchelotti jamoasi 5 turdan so‘ng 100 foizlik natija qayd etib, musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.


La Liga

5-tur bahsi

17-sentabr, yakshanba

“Real” – “Real Sosyedad” 2:1

Gollar: 0:1 – 5 Barrenechea, 1:1 – 46 Valverde, 2:1 – 60 Xoselu.

“Real Madrid”: Arrisabalaga, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Fran Garsiya (Nacho, 74), Valverde (Vaskes, 87), Kroos, Tchuameni (Modrich, 62), Bellingem, Rodrigo (Braim Dias, 87), Xoselu (Kamavinga, 62).

“Real Sosyedad”: Remiro, Traore, Le Norman, Subeldiya, Tirni (Munyos, 69), Mendes (Zaxaryan, 81), Merino, Subimendi, Kubo, Oyarsabal (Sadik, 81), Barrenechea (Cho, 81).

Ogohlantirishlar: Tchuameni (33), Merino (68), Fran Garsiya (71), Traore (77).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »