Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori bilan ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasi to‘g‘ridan to‘g‘ri berilishi belgilangan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ro‘yxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:

  • tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
  • xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);

belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

  • tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
  • xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);

jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:

  • tuman (shahar) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
  • xalqaro hamda respublika (final) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
  • xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
  • oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifasini (bosh o‘qituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

O‘zbekistonda pedagoglar soni

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilida respublika bo‘yicha umumta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan pedagoglar soni (o‘rindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan. Shundan 159,9 ming nafarini yoki jami pedagoglarning 30,7 foizini erkak pedagoglar tashkil etgan.

2022/2023-o‘quv yilida 2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21,0 foizga ko‘paygan. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida maktablarda ta’lim berayotgan erkak pedagoglar soni ko‘p.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »