Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning  Qarag‘anda viloyatida odam savdosi uchun qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “Polisia.kz” xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Qidiruvdagi shaxs Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lgan olingan. U Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 2016-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan. Ayblanuvchi mehmonxonalar, ko‘ngilochar maskanlar va boshqa joylarni tekshirish chog‘ida ushlangan.

Bundan tashqari, Mang‘istov viloyatida yashovchi shaxs bir necha yil davomida aldab, 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosini mehnat ekspluatatsiyasiga olib kelgani aniqlangan. Hozirda jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilmoqda.

Turkiston viloyatida ham 53 yoshli O‘zbekiston fuqarosini besh yildan ortiq mehnat ekspluatatsiyasi uchun noqonuniy ravishda ushlab turgan ikki dehqon xo‘jaligi rahbari aniqlanib, qo‘lga olindi. Erkakning pasporti olib qo‘yilgan va u 2017-yildan beri qoramol boqishga majbur bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »