Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentning ayrim joylarida 18-sentyabr kuni issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Veolia Energy Telegram kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Issiqlik trassasidagi buzilishlarni bartaraf etish va tegishli jihozlarni almashtirish bo‘yicha avariyaviy taʼmirlash ishlar olib borilayotgani munosabati bilan bugun, 18-sentyabr kuni poytaxtning quyidagi manzillarida vaqtinchalik issiq suv taʼminoti to‘xtatildi:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani — Bo‘z-2, Feruza massivlari, T.Malik, S.Zade, Mirzo Ulug‘bek, Feruza (Qodirov) ko‘chalari.
  • Mirobod tumani — Yangi-Zamon, Sayxun, Talimarjon ko‘chalari.
  • Olmazor tumani — Vuzgorodok massivi.

Favqulodda ishlar tugallangandan so‘ng (taxminan soat 21:00 gacha) issiq suv taʼminoti tiklanadi.

Veolia Energy Tashkent vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi va issiq suv taʼminotini tezroq tiklash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxt tumanlarida gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan Yashnobod, Uchtepa va Bektemir tumanlarining baʼzi mahalla va ko‘chalarida gaz taʼminoti qisman to‘xtatiladi.

Yashnobod tumanida 18-sentabr kuni 10:00 dan 18:00 gacha:

  • “Quruvchilar” mahallasida;
  • “Inoqobod”mahallasining Shavkat, Chashma, Charos, Saodat ko‘chalarida;
  • “Chinor” mahallasida;
  • Ulgurji isteʼmolchilar — 15 ta.

Uchtepa tumanida 11:00 dan 16:00 gacha:

  • “Foziltepa” mahallasida;
  • Ulgurji isteʼmolchilar 8 ta.

Bektemir tumanida 19-sentyabr kuni 9:00 dan 19:00:

  • “Iyk ota” mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar 62 ta;

Bundan oldin Toshkentning ayrim tumanlari hududida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »