Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani — Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari, general-leytenant Samat Abishga qarshi tergov boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Videodan kadr: YouTube

Bosh prokuraturaning maxsus prokurorlari Samat Abishga nisbatan “yanvar voqealari” vaqtida mansab vakolatini suiisteʼmol qilganlikda ayblab, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Tergov katta miqdordagi maxfiy hujjatlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Qozog'iston Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, tergov manfaatlarini ko‘zlab, dastlabki tergovning boshqa ma’lumotlari oshkor etilmaydi.

“Konstitutsiya normalariga ko‘ra, qonun va sud oldida hamma teng”, — deydi Bosh prokuratura.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra huquqiy protsessual qaror qabul qilinadi.

2022 yil Qozog‘istondagi “qonli yanvar” voqealaridan keyin Nazarboyev oilasi vakillari Qozog‘istonning katta kompaniyalari, davlat organlari va tashkilotlaridagi lavozimlaridan mahrum bo‘la boshladi.

Jumladan, Qozog‘iston birinchi prezidentining ikki kuyovi neft-gaz sohasiga oid yirik kompaniyalardagi lavozimini tark etgan. Elboshining kenja qizi Aliyaning turmush o‘rtog‘i Dimash Do‘sanov “KazTransOyl” bosh direktori lavozimidan, to‘ng‘ich qizi Darig‘aning “eri” G‘ayrat Sharipbayev esa “QazaqGaz Milliy kompaniyasi” AJ boshqaruvi raisi lavozimidan iste’foga chiqqan. Keyinchalik uchinchi kuyov – Timur Kulibayev “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi rahbari lavozimidan iste’fo berdi.

Qozog‘iston prezidenti Nazarboyevning jiyani, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari general-leytenant Samat Abishni lavozimidan ozod etish haqidagi farmonni imzolagan.

Qozog‘iston birinchi prezidentining katta qizi, deputat Darig‘a Nazarboyeva yanvar oxirida parlament quyi palatasining yalpi majlisida yanvar oxirigacha ishtirok etmasligini ma’lum qilgan. Uning matbuot kotibi siyosatchi ayolning mazkur qarorini COVID-19 bilan kasallangandan keyingi reabilitatsiya jarayoni bilan bog‘liqligi haqida izoh bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »