Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jidda shahrida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsuli Nodirjon Turg‘unov respublika fuqarolarini chet elda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida Saudiya Arabistonidagi International Recruitment Company bandlik kompaniyasi menejeri Ahmad Muhammad Ibrohim bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida o‘zbekistonliklar uchun podshohlik xususiy tarmog‘ida bo‘sh ish o‘rinlarining yaratib berilishi, o‘zbek mehnat muhojirlarining qonuniy ishlashini ta’minlash masalalari muhokama etilgan. O‘z navbatida, menejer Ahmad Muhammad Ibrohim Saudiya bandlik kompaniyasi vakili sifatida O‘zbekistondan ishchi kuchini olib kelishga katta qiziqish bildirgan.

Uning ma’lum qilishicha, International Recruitment Company kompaniyasi Jidda shahrida joylashgan bo‘lib, podshohlik hududlarida 37 ta sho‘basi mavjud. Ushbu kompaniya Saudiya Arabistonidagi eng yirik beshta bandlik kompaniyalaridan biri bo‘lib, kompaniya va uning sho‘balarida jami 15 ming nafar ishchi faoliyat yuritadi. Kompaniyaning asosiy maqsadi — barcha sohalarga malakali ishchilarni jalb etishdan iborat.

Shu o‘rinda Ahmad Muhammad Ibrohim O‘zbekistondan arab yoki ingliz tilini biladigan oshpazlar, avtobus va yuk mashinalari haydovchilari, tibbiyot xodimlari va boshqa sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb etishga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq podshohlik tarafidan ish beruvchilarning imkoniyatlari va talablarini o‘rganib chiqish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning tasarrufidagi Mehnat migratsiyasi agentligi mas’ullaridan iborat texnik qo‘mita tuzilib, tez fursatda faoliyatini boshlash borasida kelishib olingani haqida xabar berilgan edi

Mavzuga doir
Izoh

O'ZBEK

19.09.2023, 16:11

Qachondan yoki qayerga murojat qilamiz bu boyicha Saudiya Arabistoniga ishlash uchun

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »