Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh yig‘ilishida deputat Janar Akayev geografik nomlar o‘rniga odamlarning ismlarini qo‘llashni to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: AKIpress

Deputat puli borlar otasining ismini ko‘cha va qishloqlar nomlariga qo‘yayotganini aytdi.

“Qanchalik ulug‘ inson bo‘lmasin, tuman va qishloqlarga odamlar nomini berishni to‘xtatishimiz kerak. Hozir hamma shu tufayli raqobatlashmoqda. Bitta maktab qurilayotgan bo‘lsa, to‘rt kishi o‘z otasining ismini bermoqchi. Agar ular haqiqatan ham xalqqa xizmat qilgan bo‘lsa, ulug‘ bo‘lgan bo‘lsa, ular haqida hujjatli filmlar suratga olinishi, kitoblar yozilishi kerak”, — dedi xalq deputati.

Shuningdek, u “Geografik nomlar to‘g‘risida”gi qonun yerlarga odamlar nomini berishni taqiqlashini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi Botken, Jalolobod va Issiqko‘l viloyatlaridagi ayrim tuman va qishloqlarning nomlarini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taklif qilgan edi. Qo‘mita mazkur qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »