Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatida pul evaziga Milliy gvardiyaga ishga joylashtirishni vaʼda bergan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Qayd etilishicha, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga Qarshi shahridagi taʼlim muassasalarining birida ombor mudiri sifatida faoliyat yurutuvchi 41 yoshli X.M. o‘zining yuqoridagi tanishlari orqali fuqaro T.B.ning o‘g‘lini 7 ming dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga olib kirib qo‘yishni vaʼda qilgani haqida maʼlumot kelib tushgan.

Olingan xabarga ko‘ra, 15-sentyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.M. oldindan kelishilgan pulning 5 ming dollarni fuqaro B.T.dan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan boshqarma tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) va 28-modda (jinoyatda sheriklikning turlari) va 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Noqonuniy ishga kiritish holatlari

Bundan oldin Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 27 ming AQSH dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Buxoroda fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga qo‘yish evaziga 2 000 dollar olgan shaxslar ushlangani, Samarqandda harbiy oliygohlar va Temurbeklar maktabiga o‘qishga kiritishini aytib, fuqarolardan qariyb 10 500 dollar pul olgan ayol qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Shuningdek, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida pul evaziga ishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »