Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya harbiylarining 19-sentabrga o‘tar kechasi Lvovdagi sanoat korxonasiga bergan dron hujumi oqibatida 300 tonna gumanitar yordam yonib ketdi. Bu haqda BMTning Ukrainadagi gumanitar koordinatori Denis Braun bayonotiga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar berdi.

Foto: Videodan kadr
“Lvov shahridagi ‘Karitas Spes’ nodavlat tashkiloti omborini vayron qilgan Rossiya havo hujumini keskin qoralayman. Taxminan, 300 tonna insonparvarlik yordamini o‘z ichiga olgan muhim gumanitar obyekt butunlay yonib ketdi”, — dedi Denis Braun.

BMT koordinatorining ta’kidlashicha, gumanitar aktivlarga hujumlar yil davomida kuchaygan va urushning dahshatli oqibatlaridan aziyat chekayotganlarga ta’sir o‘tkazmoqda. U gumanitar xodimlar, obyektlar va mulklar xalqaro gumanitar huquq bilan himoyalanganini eslatdi.

“Xalqaro gumanitar huquq tanlov emas, bu hurmat qilinishi kerak bo‘lgan majburiyat”, — dedi Braun.

19-sentabr kuni Lvovning o‘qqa tutilishi

Ukrainadagi ommaviy otishma paytida Lvovga 18 ta kamikadze dron hujum qildi, ulardan 15 tasi urib tushirildi. Oqibatda katta yong‘in chiqdi, ikki kishi vayronalar ostidan olib chiqildi, erkakning ahvoli og‘ir. 

Keyinchalik vayronalar ostidan omborda ishlagan erkakning jasadi chiqarib olingani aytildi. Lvov meri Andrey Sadoviyning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in gumanitar yordam va oziq-ovqat saqlanadigan omborlarda sodir bo‘lgan va “oqibati juda murakkab”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »