Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani “To‘qimachi” mahallasi Safdosh ko‘chasida yashovchi aholi hududdagi avtomobil yo‘li, piyodalar yo‘lakchasi va daraxtzor egallab olinib, savdo kompleksi qurilayotganidan norozi bo‘lmoqda. “Daryo” aholi murojaati asosida muammoni voqea joyiga borib o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, hududdagi yer auksion savdo orqali Perfect universal service MCHJga 852 million so‘mga sotilgan.

Foto: “Daryo”
Tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari 2022-yilning avgust oyida biz yashayotgan ko‘p qavatli uy yonidagi avtomobil yo‘li, piyodalar yo‘lakchasi va daraxtzorlarni noqonuniy ravishda auksion savdosiga chiqarib, sotib yuborgan ekan. Vaholanki, biz — shu yerda yashovchi aholi vakillari tuman hokimi hamda hukumat idoralariga murojaat qilib, qarovsiz yerlarni ovoqa suv ketadigan joy, bolalar uchun oromgoh, keksalar uchun o‘tiradigan joy qilib berishlarini so‘rab, kelardik. Shaxsan Yakkasaroy hokimi va prokuror va’da bergandi. Lekin ne ko‘z bilay ko‘raylikki, bu joylar noqonuniy sotib yuborilibdi. Noma’lum tadbirkorlar biz yashayotgan uy yoniga kelib, o‘sib turgan daraxtlarni o‘ldirib, zo‘ravonlik bilan atrofni o‘rab olib, qurilish ishlarini boshlab yubordi, — deydi murojaatchi Muhiddin Bozorov.
Muhiddin Bozorov.
Foto: “Daryo”

Murojaatchiga ko‘ra, tadbirkor ko‘p qavatli uy yonidagi avtomobil yo‘li, piyodalar yo‘lakchasini egallab olib, aynan shu yerdan savdo kompleksi qurmoqchiligini bildirgan

Foto: “Daryo”
Biz bunga qarshilik qilganimiz va tuman hokimligi-yu, mas’ul tashkilotlarga murojaat qilganimizdan so‘ng, mutaxassislar kelib o‘rganishyapti. Ammo hozircha tayinli javob berishmadi, — deydi u. 
Nargiza Isayeva.
Foto: “Daryo”

Ko‘p qavatli uyda yashovchi Nargiza Isayeva mahalladagi daraxtzor o‘rnida qurilish bo‘layotganini aytib, hudud auksion savdoga qo‘yilganidan hayratdaligini bildirmoqda. Shuningdek, u shaxsan prezident Shavkat Mirziyoyev ham tabiatni asrashga chaqirayotganini eslatib, nafaqat Toshkentda, O‘zbekistonda ham ekologik vaziyat yaxshimasligini, shu sabab ekologiyani, daraxtlarni asrab qolishga harakat qilish lozimligini aytmoqda.

Foto: “Daryo”

Suhbatdosh hududdan qurilayotgan savdo ofisi har qanday holatda ham qonuniy hujjatlarga to‘g‘ri kelmasligini, tadbirkor qonuniy qurilish olib borsa, aholining bunga hech qanday e’tirozi yo‘qligini ta’kidlamoqda. 

Gulsara Haqqulova.
Foto: “Daryo”

Yana bir suhbatdosh Gulsara Haqqulova ham ushbu hududdan qurilayotgan qurilish ishlari noqonuniy ekanini ta’kidlab, “O‘tgan kuni shu joyda bir bolani mashina urishga sal qoldi”, deydi.

Foto: “Daryo”

Suhbatdosh hokimlikdan bu noqonuniy ishga asos so‘ralganida, ular bu haqida auksion savdoni o‘tkazgan mas’ullar bilishini, ulardan so‘rash kerakligini aytganini bildirdi.

Foto: “Daryo”
Yer auksion savdoga chiqishidan oldin, bu yerda nima bor, bo‘shmi degan ma’lumotlarni hokimiyat va hokimiyat tizimidagi tashkilotlardan oladi-ku, ular Yakkasaroy tumanining Safdosh mahallasida shunaqa joy borligini qayerdan biladi?,  deydi u.

“Daryo” muxbirining aniqlashtirishicha, tumanning Safdosh ko‘chasidagi mazkur yer-maydonini auksionga qo‘yish tashabbusi 2022-yilning 25-may kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Nodir Faxritdinovich ismli tashabbuskor tomonidan ilgari surilgan. To‘g‘rirog‘i ariza berilgan. O‘sha kuni Yakkasaroy hokimligi tomonidan buyurtma berilib, Davlat kadastrlar palatasiga tekshirishga yuborilgan. Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi, Sanitariya epidemiologik nazorat markazlari va hatto Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ma’qullanib, savdoga chiqib ketgan.

Foto: Skrinshot
Foto: Skrinshot

O‘zini Jasur deb tanishtirgan tadbirkorga ko‘ra, u yerni auksion savdodan sotib olganiga 9 oydan oshgan. Ammo u bu yerda qurilish qilolmayapti

Biz bu yerni sotib olib, pulimiz muzlab qolayotgani sabab jabrlanyapmiz. Shu sabab bu holatga aniqlik kiritish uchun aholiga bizni sudga berishni taklif qildik. Bizga ham pulimizni qaytarib berishsa, bosh og‘rig‘idan ham qutilamiz. Odamlarni norozi qilib, biror narsa qurmaymiz. Agar qurilishni ham o‘z vaqtida boshlamasak, bu ham bekor bo‘lib ketadi. Shu sabab bizga ham yechim kerak, — deydi tadbikor.

Tadbirkor onlayn savdodan sotib olgan 140 metr/kvadrat yer maydonida 2023-yilning oktabr oyiga qadar qurilish ishlarini boshlamasa, auksion natijalari bekor bo‘lib, yer uchun to‘langan pulga kuyib qolishini aytmoqda. 

Foto: Skrinshot

Aholi vakillari esa yer noqonuniy sotilganini, hokimlik vakillari mas’ul tashkilotlarni hududga olib kelib, sotilgan yer maydoni qonuniy sotilgan bo‘lsa, shuni asoslab berishini so‘ramoqda. 

Auksionda daraxtzorlar sotilishi mumkinmi, kanalizatsiya, oqova suv o‘tgan joy sotilishi mumkinmi? Shu savolimizga javob so‘rasak, sudga bering deyishadi. Nega biz boshqalar xatosi sabab, sudma-sud sarson bo‘lishimiz kerak, — deydi murojaatchilar.
Foto: “Daryo”

Aholi vakillarining jurnalistlarga bildirishicha, auksionda sotilgan hududda o‘sib turgan daraxtlarni qasddan o‘ldirishga urinishlar bo‘lgan. 

Yakkasaroy hokimligi daraxtzorlarni auksionda sotgach, noma’lum shaxslar bu hududdagi daraxtlar tagiga kimyoviy modda quyib, ularni qasddan o‘ldirishga uringan. Bu haqda ekspertiza xulosasi ham bor. Qolaversa, ekologiya xodimlari ham buni tasdiqlaydi. Biz bu holat aniqlangach, hujjatlarni Bosh prokuraturaga ham taqdim qildik, — deydi Muhiddin Bozorov.
Foto: “Daryo”

Murojaatchining qo‘shimcha qilishicha, holat haqida Bosh prokuraturaga shikoyat qilingach, daraxtlarni qasddan nobud qilishga uringan noma’lum shaxslarga ma’muriy chora ko‘rilishi aytilgan. 

Shu hududda yashovchi Gulsara Haqqulovaning bildirishicha, daraxtlar tagiga oppoq suyuqlik quyilganini ko‘rishgan

O‘tgan kuni daraxtlar tagida oq suyuqliq quyilganini ko‘rdik. Keyin daraxtlar bargi to‘kilib, quriy boshladi. Aybdorlarga chora ko‘rildimi yoki yo‘qmi bundan bexabarman, — deydi suhbatdosh. 
Mirkomil Abduvohidov.
Foto: “Daryo”

Yakkasaroy tuman Ekologiya bo‘limi xodimi Mirkomil Abduvohidovning ma’lumot berishicha, hududdagi 7 ta daraxt tagiga oq suyuqlik quyilgani, suyuqlik tarkibida neft mahsulotlari borligi aniqlangan. Shu sabab ushbu joyni auksiondan sotib olgan shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan.  

Dildora Ahmedova.
Foto: “Daryo”

Aholi vakillaridan biri Dildora Ahmedovaning qo‘shimcha qilishicha, auksionda daraxtzorlarni sotib olgan tadbirkorga yer o‘lchab berilayotganda avtomobil yo‘li va piyodalar yo‘lakchasidan o‘lchab berilgan. Bu esa nafaqat aholining tadbirkorning ham e’tiroziga olib kelgan.

“Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »