Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Nyu-Yorkda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

“Keyingi yilgi Markaziy Osiyo sammitigacha barcha sohalarda muloqotimizni faollashtirish va ikki tomonlama munosabatlarimizni chuqurlashtirishga yo‘l ochish zarurligini muhokama qildik”, — deb yozdi Mishel Twitter’da.

“Turkman davlat xabarlari” agentligining xabar berishicha, Berdimuhamedov Ashxobod Yevropa Ittifoqi bilan konstruktiv muloqotni mustahkamlashga katta ahamiyat berishini ta’kidlagan. Yevropaning yetakchi kompaniyalari Turkmaniston iqtisodiyotining ko‘plab tarmoqlarida – neft-gaz kompleksi, transport, elektr energetikasi, qurilish va aloqa sohalarida hamkorlik qilmoqda.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 2008-yilda Yevropa Ittifoqi va Turkmaniston o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Yevropa turkman gazini Kaspiy dengizi, Ozarbayjon va Turkiya orqali olishga umid qilmoqda. Berdimuhamedov bu yil Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi bosh qarorgohiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Yaqinda Yevroparlament delegatsiyasi Ashxobodga tashrif buyurdi. Turkmaniston bilan 1998-yilda imzolangan Sheriklik va hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

Hozirgi vaqtda ikki tomonlama aloqalar Muvaqqat savdo bitimi bilan tartibga solinadi. Turkmanistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro savdosi 2023-yilning yanvar—may oylarida 494,66 million yevroni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 17,8 foizga ko‘p.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »