Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro shahri “Abu Ali ibn Sino” MFY hokim yordamchisi kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aniqlanishicha, u “Har bir oila—tadbirkor dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan berilgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratishdagi maxsus vakolatdan mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan g‘arazli maqsadlarda foydalanib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan.

Xususan, “Abu Ali ibn Sino” MFY hududida yashamaydigan va faoliyat ko‘rsatmaydigan M.H., J.A., N.G‘., M.A va A.M. nomiga mototransport vositasi hamda ichimlik suvini qayta ishlash apparatini sotib olish uchun 33 million so‘mdan, jami 163 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ularni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Hokim yordamchisi 14-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “g” bandi (kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi) va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi (takroran sodir etilgan mansab soxtakorligi) bilan ishda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi alohida nazoratga olingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »