Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nyu-York shahrida o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumiy munozaralari doirasida Shavkat Mirziyoyev tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etlishicha, uchrashuvda O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollari, eng avvalo, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy vazifa va maqsadlarni ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqani mamnuniyat bilan qayd etildi. Birgalikda qariyb 140 ta dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 6 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi, Orolbo‘yi mintaqasi ahosilini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus Trast fondi faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston BMTning bir qator nufuzli tuzilmalariga saylandi va ularning ishida faol ishtirok etmoqda. Birgalikda global kun tartibiga oid, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, turizmni rivojlantirish, kambag‘allikka va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Antoniu Guterrish O‘zbekiston prezidentining Bosh Assambleya 78-sessiyasidagi nutqini yuksak baholab, mamlakatda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini, davlat rahbari dolzarb global va mintaqaviy muammolarga yechim topish borasida ilgari surgan tashabbus va takliflar muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Bosh kotib yangi “O‘zbekiston – 2030” islohotlar strategiyasiga kiritilgan maqsad va vaziflarning ko‘lamdorligini, ular Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan to‘liq hamohangligini alohida qayd etdi. BMT va uning barcha institutlari ushbu dasturiy hujjatni amalga oshirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQSHda bo‘lib turibdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi. Undan oldin Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Xalqaro valyuta fondi rahbari va Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, davlat rahbari Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »