Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Tehronda bo‘lib o‘tgan Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi aerokosmik kuchlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Unga Eron harbiy-sanoat majmuasi mahsulotlari namoyish etildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi 

Ko‘rgazma davomida Shoygu raketa qurollari, dronlari, shuningdek, Eronda ishlab chiqarilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan tanishgan. Tadbirda “aerokosmik sanoatining yutuqlari”, jumladan, Eron dronlarining so‘nggi modellari, shuningdek, Amerikada ishlab chiqarilgan “qo‘lga olingan” dronlar taqdim etilgan.

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi 

Shoygu boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 19-sentabr kuni Eron harbiy rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Tehronga yetib keldi. Tashrif chog‘ida rossiyalik vazir Rossiya-Eron munosabatlari “yangi bosqich”ga ko‘tarilayotganini, mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot “ayniqsa jadal” rivojlanayotganini ta’kidladi.

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi 
“AQSH va uning G‘arb ittifoqchilarining qarshiliklariga qaramay, rejalashtirilgan barcha tadbirlarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz. Rossiya va Eronga nisbatan sanksiyalar bosimi o‘zining befoydaligini ko‘rsatmoqda, ayni paytda Rossiya-Eron hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda”, — degan Shoygu.

Rossiya harbiylari Ukraina bilan urushda Eronda ishlab chiqarilgan Shahed 131/136 kamikadze dronlaridan faol foydalanmoqda. Yaqinda Rossiya bu dronlarni o‘zi ishlab chiqara boshladi, ammo Eron komponentlaridan foydalanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »