Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi.

Kadr: YouTube

Davlat rahbari o‘z nutqida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha eʼtiborga loyiq natijalarga erishganini ta’kidladi.

“Mamlakatimizda majburiy va bolalar mehnatiga to‘liq barham berildi. Bir asr mobaynida O‘zbekistonda millionlab insonlar paxta terimiga majburiy ravishda jalb etib kelindi. Har yili sentabr oyidan dekabrgacha aholining asosiy qismi – o‘qituvchi va shifokorlar, tadbirkorlar, ishchi va xizmatchilar, eng achinarlisi, maktab o‘quvchilari va talabalar paxta terimiga safarbar qilinar edi. Buning natijasida o‘zbek paxtasiga boykotlar eʼlon qilingan, mamlakat esa yillar davomida “qora ro‘yxat”larga kiritilgan edi.

Qatʼiy irodamiz tufayli endi bularning barchasi o‘tmishga aylandi. Xalqimiz paxta qulligidan butkul ozod bo‘ldi”, — dedi prezident.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Yangi Konstitutsiyasida majburiy mehnat taqiqlanishi kafolatlab qo‘yilgani va buning uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini qayd etdi. “Majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashni butun dunyo miqyosida kuchaytirish zarur, deb hisoblayman. Bizning tajribamiz shuni ko‘rsatmoqdaki, bunga chek qo‘yish imkoni bor”, — dedi davlat rahbari.

Bir necha kun oldin Italiyaning Corriere della Sera nashri O‘zbekistonda paxta terimi boshlanayotgani haqida yozib, dalada majburiy mehnatga barham berilganini e’tirof etgandi. Nashr bugungi kunda O‘zbekiston dehqonlari o‘zlari xohlagan mahsulot yetishtirishi, hattoki mahsulotini eksport qilishi mumkinligini haqida yozgan. “Yerga ishlov bermoqchi bo‘lganlar, paxta terishni istaganlar bularni haq evaziga bajaradi”, — deyiladi maqolada.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »