Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Kongressida respublikachi tanqidchilar bilan uchrashar ekan, agar milliardlab dollarlik yordam oqimi kesilsa, Kiyev urushda yutqazishidan ogohlantirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: Getty Images

Demokratik senat yetakchisi, prezident Jo Baydenning Ukrainaparast siyosatining yetakchi tarafdori Chak Shumerning aytishicha, Zelenskiy unga “agar yordam olmasak, urushda yutqazamiz”, deb aytgan.

2022-yil fevralida AQSH G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga boshchilik qildi, Kongress shu kungacha 100 milliard dollardan ortiq yordam, jumladan, 43 milliard dollarlik qurol-yarog‘ berishni maʼqullagan.

Ammo Respublikachilar partiyasida hukmronlik qilayotgan o‘ng qanot fraksiya yordamni to‘xtatish kerakligi haqida gapirmoqda. Senatdagi ozchiliklar yetakchisi Mitch Makkonnell esa AQSHning Ukrainaga yordamini himoya qilgan.

Amerikaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi xayriya emas. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri manfaatlarimiz uchun qilingan sarmoyadir. Rossiyaning harbiy qudratini pasaytirish bizning asosiy strategik raqibimiz Xitoyni to‘xtatishga yordam beradi”, — degan u.

Zelenskiy Vashingtonga kelganida “muhim muzokaralar” kutayotgani va “Ukraina uchun havo mudofaasi eng muhim masalalardan biri ekanini” aytgan. Bu uning urush davridagi Kongressga ikkinchi tashrifi, tashrif davomida u Pentagonga borishi, Oq uyda Bayden bilan uchrashishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »