Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Oybek Hamroyev va Saudiya Arabistoni Podshohligi (SAP) investitsiyalar vaziri o‘rinbosari Muhammad Al Hasna o‘rtasida 20-sentabr kuni videokonferensaloqa orqali muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati

Unga ko‘ra, muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish borasida keyingi amaliy qadamlar muhokama qilindi. Jumladan, O‘zbekistonning turli hududlarida muqobil energiya sohasida qator yirik loyihalarni amalga oshirayotgan ACWA Power kompaniyasining ijobiy tajribasi qayd etildi. Kompaniya hozirgi kunda amalga oshirayotgan loyihalar hamda kelgusidagi investitsiya tashabbuslarini hayotga tatbiq etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga o‘zaro tayyorlik bildirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 2022-yil avgust oyida Saudiya Arabistoni Podshohligiga davlat tashrifi vaqtida imzolangan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida SABIC, Saudi Telecom Company, Saudi National Bank, Dr. Sulaiman Al-Habib Medical Group, Jamjoom Pharma, Al Rajhi International, Ajlan & Bros Holding Group va Al Hokair Group kompaniyalari bilan kimyo, telekommunikatsiya, tibbiyot, farmatsevtika sohalari va bank sektori, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, chakana savdo tarmoqlarini tashkil etish yo‘nalishlarida bir qator loyihalarni maromiga yetkazib, foydalanishga topshirishni tezlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Saudiya Arabistoni tomonidan 24—25-dekabr kunlari O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi savdo, iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat, sport va yoshlar sohalarida kelishuvlarni monitoring qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishini SAPda tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida hamkorlikni oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »