Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida o‘quvchilar paxta terimiga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mazkur xabarlarga aniqlik kiritdi.

Kadr: Telegram

Unga ko‘ra, xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi  7, 38, 48 va 54-maktablarda monitoring tarzida tekshirish o‘tkazdi. Natijada fotosuratlarda ko‘rsatilgan maktab Qarshi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli emasligi, bunday ko‘rinishdagi maktab tumanda mavjud emasligi, suratlarda aks ettirilgan voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi yuqorida keltirilgan ta’lim maskanlarida o‘qimasligi aniqlandi.

Shu boisdan ushbu postdagi keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Tumandagi maktab mas’ullariga paxta mavsumi davomida majburiy tarzda xodimlarni va maktab o‘quvchilarini paxta terimiga jalb qilmaslik va o‘quvchilarning ota-onalari bilan bu borada tushuntirish ishlari olib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »