Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Energetika vazirligi axborot xizmati O‘zbekistonda 2023—2024-yilgi kuz-qish mavsumida energetika tizimida aholini nimalar kutayotgani, yaʼni elektr va gaz taʼminotida nimalar ro‘y berishi, tizimdagi tayyorgarliklar haqidagi “Daryo” savollariga javob berdi.

Foto: “Daryo”

Ob-havo o‘zgarishlari sababli O‘zbekistonda avvalgidek mo‘tadil iqlim o‘rniga yozda jazirama, qishda esa qahraton sovuq bo‘lmoqda. Bunga tizim qanchalik tayyor?

“O‘tgan qish faslida ob-havoning keskin tushib ketishi bois energetika tizimiga yuklamalar ancha ortdi. Ortiqcha bosim oqibatida soha infratuzilmasiga jiddiy putur yetdi, transformatorlar va o‘tkazish liniyalari yonib ketdi, podstansiyalar ishdan chiqdi.

Yuqorida aytilgan yo‘qotishlarni bartaraf etish maqsadida 2023-yilning birinchi yarmida respublika miqyosida 748 ta transformator almashtirildi, 7548 ta transformator taʼmirdan chiqarildi, 2 ming 940 kilometr o‘tkazish liniyalari yangilandi, 22 ming 112 kilometr elektr uzatish tarmoqlari mukammal taʼmirlandi. 1257 ta podstansiya esa yuqori texnologik usulda qayta jihozlandi”, deyiladi vazirlik axborotida.

Foto: “Daryo”

Xo‘sh, bu yil qishda navbatdagi energetik inqiroz kuzatiladimi?

“Bu savolga oldindan bir nima deb bo‘lmaydi. Chunki jarayon bir nechta obyektiv hamda subyektiv holatlar bilan bog‘liq. Biroq o‘tgan yildagidek qish bo‘lsa ham bugun ko‘rilayotgan samarali choralar natijasida o‘sha paytlardagi kabi chuqur energetik inqirozga duch kelmaymiz.

Shuni inobatga olish kerakki, O‘zbekistonda elektr energiyasi isteʼmoli barqaror o‘sib bormoqda. Masalan, so‘nggi 5 yilda aholining elektr isteʼmoli hajmi 150 foiz (yaʼni o‘rtacha 1,5 baravar) – 11 milliard kilovatt-soatdan 16 milliard kilovatt-soatga, iqtisodiyot tarmoqlarining isteʼmoli esa jami 12 foiz – 38 milliard kilovatt-soatdan 43 milliard kilovatt-soatga o‘sdi.

Bu holat ancha eskirib qolgan infratuzilmaga ham yuklamani kuchaytirmoqda. Oxirgi qishdagi anomal sovuqlar vaqtida bu yaqqol yuzaga chiqdi. Elektr energiyasi isteʼmolining keskin ortishi oqibatida vujudga kelgan kattagina yuklama 3 mingdan ziyod transformatorning ishdan chiqishi hamda ko‘plab podstansiyalardagi jiddiy muammolarga sabab bo‘ldi.

Mavjud muammolarni hal qilish uchun esa katta mablag‘ kerak. Hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr tarmoqlarini yangilash uchun yaqin 5 yilda 3,7 milliard dollar kerak bo‘ladi”, — deya javob berdi vazirlik masʼuli.

Qo‘shimcha qilinishicha, narxlarni shakllantirish jarayoniga bozor mexanizmlarini olib kirish, tizimda erkin bozor qonuniyatlari ishlashini yo‘lga qo‘yish energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishga imkon beradi. Natijada aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash uchun shart-sharoit yaratiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »