Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Xususan:

  • Samarqand shahrida faoliyat yuritib kelayotgan oltita va Kattaqo‘rg‘on tumanida bitta korxona elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 2 milliard 355,5 million so‘m (5 mln 228 ming 433 kVt/soat) zarar yetkazganligi aniqlandi.

Ushbu miqdordagi elektr energiyasi 26 ming 142 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

O‘zbekistonda 2023-yilning 6 oyida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish tufayli 78,5 milliard so‘m, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish sababli esa 231 milliard 866 million so‘m zarar ko‘rilgan. Bundan oldin Buxoro shahrida faoliyat yuritib kelayotgan korxona elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatishi natijasida tizimga 2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakatda avgust oyida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 46 milliard 229 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »