Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon minalar va portlovchi qurilmalar 246 nafar tinch aholining hayotiga zomin bo‘ldi. Ular orasida 13 nafar bola bor. Bundan tashqari, 521 kishi jabrlangan, ulardan 53 nafari — bolalar. Bu haqda 20-sentabr kuni Ukraina Mudofaa vazirligining Minalar, fuqaro muhofazasi va atrof-muhit xavfsizligi bosh boshqarmasi minalarga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Oleg Shuvarskiy brifingda ma’lum qildi.

Foto: Ukraina FVDX

Uning qayd etishicha, Mudofaa vazirligi Ukraina hududini tezroq tozalash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Shuvarskiyning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi hududlarni minalardan tozalashda, jumladan ittifoqchilarning texnikalaridan ham faol foydalanmoqda. Ular Kiyev, Chernigov, Sumi, Jitomir, Xarkov, Nikolayev va Xerson viloyatlarining ozod qilingan hududlarini minalardan tozalash va portlovchi obyektlarni zararsizlantirishda yordam bermoqda

“Minalarni portlatish yoki yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan 20 dan ortiq mexanizatsiyalashgan vositalar qo‘llanmoqda. Ular 30 santimetrgacha chuqurlikdagi minalarni zararsizlantirishga qodir. Ayrimlari masofadan turib ishlaydi”, — dedi u.

Xarkovlik muhandislar tomonidan ishlab chiqilgan mina tozalash mashinasiga sertifikat berilgan. 

Avval Shveysariya Kiyev hukumatiga masofadan boshqariladigan mina tozalash mashinasi, tirkamali yuk mashinasi va uch yilga yetadigan ehtiyot qismlarini berishi xabar qilingandi. Ushbu texnik vositalarning umumiy qiymati 1,2 million frankni (1,35 million dollardan ortiq) tashkil etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »