Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikaning Abrams tanklari kelasi hafta Ukrainaga yetib boradi, dedi AQSH prezidenti Jo Bayden Oq uyda ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Bayden va Zelenskiy 21-sentabr kuni Oq uyda uchrashdi
Foto: Reuters

Bayden Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini berish ma’qullanganini ta’kidladi. Davlat kotibi Antoni Blinkenning tegishli bayonotidan ma’lum bo‘lishicha, Kiyevga jami 325 million dollarlik qurol va jihozlar taqdim etiladi, paketga havo mudofaasi va tankka qarshi mudofaa tizimlari, artilleriya va kassetali o‘q-dorilar kiritiladi.

Pentagon Ukrainaga beriladigan yordam tarkibiga aniqlik kiritdi:

  • AIM-9 Sidewinder raketalari va havo mudofaasi uchun Avenger zenit-raketa tizimlari;
  • Javelin va AT-4 tankka qarshi tizimlari;
  • HIMARS uchun o‘q-dorilar, 155 va 105 millimetrli snaryadlar va boshqalar.

The New York Times gazetasining yozishicha, Zelenskiy Baydenga yangi yordam uchun minnatdorlik bildirib, paketda Ukraina askarlariga hozir ayni kerak bo‘lgan qurollar borligini ta’kidlagan. AQSH prezidenti Kiyev Kongressdan moliyalashtirishni davom ettirish uchun kafolat oladimi, degan savolga javob berar ekan, bu vaziyatda qonun chiqaruvchi organ “sog‘lom aqlga tayanishini” aytgan.

O‘z navbatida, Zelenskiy Amerika rahbari bilan kelajakda “yangi agressiya”ning oldini olish uchun strategik yechim, shuningdek, “Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlovchi yangi kelishuv”ni muhokama qilganini taʼkidladi.

Bayden yanvar oyida Ukrainaga 31 ta Abrams tankini yetkazib berishni va’da qilgandi. Kiyev M1A2 zamonaviy versiyalarni emas, eski modellar — M1A1 ni oladi. Politico xabar berishicha, Ukrainaga dastlab 10 ta tank yetkaziladi. Ushbu partiya hozir Germaniyada ta’mirlanmoqda. Shuningdek, Germaniyada may oyida Ukraina Qurolli kuchlarini Abrams tanklarini boshqarishga o‘rgatish boshlangandi.

Ukraina AQSHdan uzoq masofali ATACMS raketalarini ham so‘ramoqda, biroq Bayden hali bu qadamni qo‘yishga qaror qilgani yo‘q, dedi uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan. Kelajakda bunday imkoniyatni inkor etib bo‘lmaydi, deb qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »