Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi masalasida sud ishi boshlangani, ko‘plab sudlanuvchilar sudda tergov qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Sudning 22-sentabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi. Ayblanuvchi sud zalidan qamoqqa olindi.

Foto: “Daryo”

Sudya Muso Yusupovning ma’lumot berishicha, bunga jamoatchilik va advokatlarga noma’lum bo‘lgan murojaatchining DXX raisiga shikoyat qilib, sudda uning foydasiga hal bo‘ladigan ko‘rsatma berishga undagani yozilgan arizasi sabab bo‘lgan. 

Sudda, shuningdek, davlat ayblovchisi Ravshan Rajabov ham sudlanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llashni so‘radi.

Sudning avvalgi majlislarida hindistonlik tadbirkor o‘ziga tegishli korxonaga inspeksion tekshiruv tushishining oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston hududiga “Dok-1 Maks” siropi kabi yana bir talabga javob bermaydigan doriga ruxsat olishga uringanini aytib, agentlikning sobiq xodimiga 33 ming dollar berganini tan olgandi. 

R.S.P. jinoiy sheriklari J.S. va B.Q.lar bilan tuzilgan jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida J.E. bilan avvaliga telefon orqali bog‘lanib, keyinroq u bilan JIB Mirobod tuman sudi yaqinida joylashgan “B&B” kafesida ko‘rishgan. Suhbat davomida R.S.P. korxonaga tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilishda amaliy yordam so‘rab, buning uchun moddiy manfaat va’da qilgan. Shunda J.E. uning taklifini rahbarlariga yetkazib, tez kunlarda ularning javobini ma’lum qilishini bildirgan. J.E. taklifni davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh.ga yetkazgan. Mas’ul ushbu xizmat 45 ming dollar bo‘lishini aytgan. Hindistonlik tadbirkor ularga 33 ming dollar bera olishini bildirgan. Va aytilgan pulni bergan, — deyiladi bu haqidagi tergov hujjatlarida.

Hindistonlik sudlanuvchi R.S.P. keyinchalik bu haqda aytgan gaplarini rad etib, suddagi dastlabki ko‘rsatmasini o‘zgartirgandi.

Foto: “Daryo”

Sudda 15-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida so‘roq qilingan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh. unga berilgani aytilgan 33 ming dollar pulni rad etgandi.

Advokat Davron Ahmadovning bu haqdagi savoliga javob qaytargan sudlanuvchi Sh.Sh. “Men J.E. bilan inspeksion tekshiruv bo‘yicha, aynan Kuraraks dori vositasining qandaydir manfaati bo‘yicha 45 ming dollar yoki 33 ming dollar haqida gaplashmaganman. Sababi buni xohlasam ham, u mening vakolatimga kirmaydi”, — degandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »