Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat Quronni, shuningdek, boshqa har qanday muqaddas kitoblarni tahqirlovchi xatti-harakatlarni qoralashini ma’lum qildi. Bu haqda u BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida gapirdi.

Foto: tajmedun.tj
“Tojikiston xalqlarning eʼtiqodlari, jumladan Qurʼoni Karim yoki insoniyatning boshqa sivilizatsiyaviy va diniy qadriyatlariga oid har qanday haqoratni qoralaydi”, — dedi Emomali Rahmon.

U dindorlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilish, shuningdek, “har qanday din va e’tiqodga nisbatan nafrat va zo‘ravonlik fojiali oqibatlarga olib kelishi”ni ta’kidladi. Rahmon BMT minbaridan tinchlik g‘oyalarini ilgari surishga chaqirdi. 

“Biz bag‘rikenglik va tinchlik g‘oyalarini targ‘ib qilish provokatsiya, bo‘linish, fanatizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi turishning eng yaxshi vositasi, deb hisoblaymiz. Keling, bizni ajratuvchi harakatlarga qarshi birlashaylik, bir-birimizni hurmat qilish va qadr-qimmatini tan olishga asoslangan jamiyat sari intilaylik”, — dedi prezident.

Siyosatchi o‘z nutqini tojik va fors shoiri, mutafakkiri Sa’diy Sheroziy she’ridan misralar o‘qish bilan yakunlagan.

Qur’onning yoqib yuborilishiga oid so‘nggi ma’lumotlar

  • Yanvar oyida Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur’on yoqib yuborilgandi. Aksiyani ultrao‘ng va islomga qarshi “Qattiq kurs” partiyasining daniyalik-shved faoli Rasmus Paludan boshqargan.
  • Aprel oyida Shvetsiya maʼmuriy sudi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Qurʼon yoqib yuborilgan namoyishlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgan. Sud o‘z qarorida yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish erkinligi konstitutsiyaviy himoyalangan huquqlar ekanini keltirgan. 
  • Iyun oyida iroqlik muhojir Stokgolmdagi bosh masjid yonida Qur’onni yoqib yuborgan.
  • Iyul oyida Shvetsiya politsiyasi Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur’on va Iroq bayrog‘i yoqib yuborilgan norozilik namoyishini o‘tkazishga ruxsat bergan. Shundan so‘ng yuzlab odamlar Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirib, binoga o‘t qo‘ygan. 
  • Namoyishchilarni tarqatish uchun Iroq politsiyasi suv purkagichlardan foydalangan. Iroq mamlakatdan Shvetsiya elchisini haydagan va yana muqaddas kitob yoqib yuborilsa, diplomatik aloqalarni uzishini bildirgan.  Shundan so‘ng Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qur’on yoqib yuborilgan. Namoyishchilar buni Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga yaqinda uyushtirilgan hujumga norozilik sifatida amalga oshirganini aytgan.
  • Avgust oyi boshida Stokgolmda eronlik ayol politsiya himoyasida Malaren ko‘li qirg‘og‘ida mangalda Qur’onni yoqib yuborgan. U “barcha dinlarni yo‘q qilish” kerakligini aytgan.
  • Avgust oyi o‘rtalarida Shvetsiyaning Stokgolm shahrida politsiya himoyasi ostida yana muqaddas Qur’on kitobi yoqib yuborildi. Buning oldini olishga uringan erkak esa hibsga olindi. Namoyishga iroqlik muhojirlar boshchilik qilgan. Ular avval Qur’on nusxasini tepib, ustiga sakragan, keyin esa uni butunlay yoqib yuborgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »