Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzax, Toshkent hamda Navoiy viloyatlarida haydovchilik guvohnomalarini pul evaziga olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “P.O‘.” UK o‘rgatuvchi ustasi R.M. fuqarolar M.A. va R.M.ga Farg‘ona viloyatidagi tanishlari yordamida “B”, “C” va “E” toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1,3 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda B.T. ismli shaxs fuqaro K.B.ga go‘yoki “Vatanparvar” tashkilotida ishlovchi tanishlari yordamida imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 1,1 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan tadbirda esa A.A. ismli shaxs fuqaro J.R.ga avtomaktabda o‘qigani haqida maʼlumotnoma tayyorlab berib, haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlardan go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali o‘tkazib qo‘yishi evaziga 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Toshkent viloyatida soxta sertifikat evaziga haydovchilik guvohnomasi olgan fuqaroga sud hukmi o‘qilgandi. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2,5 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. May o‘rtalarida bo‘lsa, Farg‘onada 200 dollarga “prava” olib berishni va’da qilgan avtomaktab rahbari ushlangandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »