Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ayrim sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishining navbatdagi muddatiga, ayrimlarini vakolati muddati davriga qayta tayinlashga oid masalalar muhokama qilindi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, kengash aʼzolari tomonidan ayrim sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishga oid masala ham ko‘rib chiqlib, tegishli qarorlar qabul qilingan.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

  • Toxirjon Vahobov — sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Xurshid Qosimov — sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Shuhratjon Ahmedov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Rustam Zaripov — sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Avazbek Sheraliyev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Mashrabjon Ulug‘bekov — sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek:

  • Odiljon Ismoilov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yichaFarg‘ona shahar sudining sudyasi lavozimiga;
  • Ilgizar Sabirov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining raisi lavozimiga;
  • Talʼatjon Meliboyev — sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining sudyasi S.Sariboyev — odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun, Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudining raisi B.Ergashev — yozma arizasiga binoan lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »