Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent metropolitenida Face-ID texnologiyasi orqali to‘lovni amalga oshirish sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, mazkur texnologiya yo‘lovchilarga kontaktsiz to‘lov qilish imkonini beradi. To‘lov qilish uchun shunchaki turniketdagi kameraga qarashning o‘zi kifoya. Loyiha ATTO, “Aloqabank”, Visionlabs kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

ATTO kompaniyasi mas’uli Abdug‘ofur Nurmatovning aytishicha, Face-ID ishlashi uchun avvalo yo‘lovchilarning yuzi haqidagi ma’lumotlar qurilmaning bazasiga kiritilishi lozim. Buning uchun yo‘lovchi ATTO maxsus ilovasiga kirib, tegishli funksiyani faollashtirish orqali o‘z yuzini skanerlashi kerak.

Ilovaga kirilganda transport karta balansini ko‘rsatuvchi panelning o‘ng burchagida FacePay tugmasi bor, shu tugma bosiladi va yo‘lovchining yuzi suratga olinadi. Shundan so‘ng, ma’lumotlar bazasiga uning surati qo‘shilgani, tizim faollashtirilgani haqidagi ma’lumot ko‘rinadi. Keyin esa ATTO transport kartasida pul bo‘lsa, to‘lovni Face ID orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Toshkent metrosida FacePay tizimi sinovdan o‘tkazilgandi. Uning yordamida yo‘lovchi shunchaki validatorga qarab yo‘l haqi uchun to‘lov qilishi mumkin. Buning uchun foydalanuvchi o‘z yuzini skanerlashi va uni transport yoki bank kartasi ma’lumotlari bilan birga ma’lumotlar bazasiga kiritishi kerak bo‘lardi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »